Videodan Screenshot
Dubayda XPeng X2 to'liq elektr uchar mashinasi birinchi marta havoga ko'tarilib, muvaffaqiyatli parvoz qildi.
O‘zining uchar taksisini taqdim etgan Xitoyning XPeng kompaniyasining aytishicha, uning ixtirosi sayyohlik joylariga tashrif buyurish yoki tibbiy buyumlarni tashish kabi qisqa masofali parvozlarni amalga oshiradi.
Vertolyot singari, XPeng X2 g'ildiraklar o'rniga ikkita pervanel yordamida vertikal ravishda ko'tariladi va qo'nadi. Uchar mashina ikki yo‘lovchini olib yurishi va bir kilometr balandlikka ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi, biroq, parvoz katta ehtimol bilan 100 metrgacha bo‘lgan balandlikda – taxminan Big Ben binosi balandligida amalga oshiriladi.
Mashinaning maksimal parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil qiladi, ammo kutilmagan voqea yuz bergan taqdirda, mashinada parashutlar ishga tushadi. Avtohalokatlar bo'lish ehtimolini kamaytirish uchun mashinani boshqarish uchun alohida haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi.
XPeng vitse-prezidenti Brayan Gu ixtiro boy odamlarning kundalik transportiga aylanishi kerakligini aytgan. Biroq, mashina hali ko'plab sinovlardan o'tmaganligi sababli, u birinchi navbatda shaharlar chekkasida yoki aholi siyrak ko'chalarda uchadi.
Avtomobil Bentley yoki Rolls Royce kabi boshqa hashamatli avtomobillar bilan bir xil narxda bo'lishi va 2025 yilga kelib bozorga chiqishi kutilmoqda. taxminlarga ko'ra uning dastlabki narxi 500 ming dollat etib belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling