O'zbekistonda ta'lim muassasalarida o'qish 5 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o'zbekistonliklar 4 kun dam oladi:
- 1-sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
- 2-sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat'iy nazar qo'shimcha dam olish kuni);
- 3-sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni);
- 4-sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).
“Shunday qilib, 5-sentyabr, dushanba kuni barcha ta'lim muassasalari uchun 2022/2023-o'quv yilining ilk o'qish kuni bo'ladi”, deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi prezidenti farmoniga ko'ra, barcha xodimlar uchun 2-sentyabr — juma qo'shimcha dam olish kuni, olti kunli ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 3-sentyabr — shanba dam olish kunlari etib belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling