Foto: Teznews
26-sentyabr kuni Toshkent metrosining “Chilonzor” yo‘nalishi “Buyuk Ipak yo‘li” bekatiga kirib kelishda texnik nosozlik sabab poyezd to‘xtab qoldi.
“Toshkent metropoliteni” DUK ma’lumotiga ko‘ra, “Buyuk Ipak yo‘li” bekatiga kirib kelishda 15-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan.
Natijada ushbu harakat tarkibi 7 daqiqa davomida tonnelda to‘xtab qolgan. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezd nozimi tomonidan “Chilonzor” yo‘nalishidagi poyezdlar harakati muvofiqlashtirilgan hamda harakat tarkiblari bekatlarda jadval buzilmasligi uchun belgilangan yo‘riqnomaga asosan vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Mashinisti tomonidan bajarilgan texnik ishlar natijasida 15-sonli marshrut harakati davom etgan.
Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling