Toshkent metropolitenida bir kunda 620 ming yo'lovchi tashilgani aytildi

Bu o'tgan haftaning mos kuniga nisbatan 105 ming yo'lovchiga ko'p

Foto: Mirshohid Ismatov

Foto: Mirshohid Ismatov

Oʻzbekistonda 5-dekabrdan boshlab kunlar sovib ketishi sababli metrodan foydalanuvchi yoʻlovchilarning soni keskin ortdi. “Toshkent metropoliteni” DUKning maʼlum qilishicha, qorli kunda 620 ming yoʻlovchi metrodan foydalangan.

Bu oʻtgan haftaning bir kuniga nisbatan 105 ming (21%) yoʻlovchiga koʻp.

2020-yil dekabr oyida bir kunda 240 ming yoʻlovchi, 2021-yil dekabr oyida esa kuniga 400 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2022-yil dekabr oyida bu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan 380 mingga (258%), 2021-yilga nisbatan 220 mingga (155%) oshgan.

Toshkent metropoliteni yoʻlovchilardan vaziyatga toʻgʻri baho berib, transportdan foydalanish qoidalariga doimiy amal qilishlarini soʻramoqda.

"Harakatlanish vaqtida oʻzaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yoʻlovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yoʻlovchilardan toʻlovni bank va transport kartalari orqali toʻlash so'ralgan. Bu orqali kassa oldida tirbandlik maksimal darajada kamaytirish ko'zda tutilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling