Foto: t.me/millar
16-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida elektropoyezd relsda o'tirgan 35 yoshlar atrofidagi ayolni urib yubordi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.
Ma'lum bo'lishicha, mashinist relsda o'tirgan ayolni ko'rib, yo'riqnoma bo'yicha bir necha bor signal chalgan hamda poyezdni to'xtatgan. Ayol poyezd bilan to'qnashishi natijasida tan jarohatlari olgan.
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish markazining Ko'p tarmoqli klinikasiga olib borilgan ayolga bosh miyaning ochiq jarohati, bosh miyaning yengil darajaga lat yeyishi, chap peshona sohasi suyagining yorilishi kabi tashxislar qo'yilgan.
Qayd etilishicha, ayol poyezd relsida o'tirgan paytda mast holda bo'lgan. Hozirda ayolni ahvoli yaxshilanib shifokorlar tomonida uyiga ketishiga ruxsat berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling