Foto: The Guardian
Londonning Xitrou aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 28-sentyabr kuni soat mahalliy vaqt bilan tahminan 20:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 00:00) sodir bo'lgan.
Ma'lum qilinishicha, jarohatlanganlar haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmagan.
Xabarga ko'ra, yo'lovchilar va ekipaj a'zolari zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Ushbu to'qnashuv Korean Air kompaniyasi hamda Icelandair kompaniyasiga tegishli samolyotlar o'rtasida yuz bergan.
"Bizga soat 20:06 da Xitrou aeroportida sodir bo'lgan voqea haqida xabar berishid. Biz voqea joyiga bir qator resurslarni yubordik. Jumladan xavfli hududlarga javob berish guruhi a'zolari, klinik guruh rahbari va bir guruh a'zolari voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi", — deydi London o't o'chirish brigadasi vakili.
Voqea guvohlarining ma'lum qilishicha, uchish-qo'nish yo'lagida korean Air samolyoti burilayotgan paytida qanoti bilan ikkinchi samolyotning dumiga tegib ketgan.
Xabarda qayd etilishicha, mazkur voqea sababli samolyotda hech qanday sarosimali holat yuzaga kelmagan.