Ostona nom o'zgartirishlar soni bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi

1830-yildan buyon Qozog'iston poytaxti nomi olti marta o'zgartirilgan

Foto: The Economist<br>

Foto: The Economist

Ostona eng ko'p nom o'zgartirilgan shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda "The Economist" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozog'iston poytaxti nomi hammasi bo'lib olti marta o'zgartirilgan. 1830-yilda u Oqmola deb atalgan, keyin shahar rus harbiy forposti sifatida tashkil etilgan.

131 yildan keyin u Akmolinsk Tselinograd deb o'zgartirilgan. 1992-yilda mustaqillikka erishgach, aholi punkti Oqmo‘la nomini olgan.

Shuningdek, 2019-yilda birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga poytaxtga Nur-sulton nomi berilgan edi.

Shundan so'ng, 2022-yilda Ostonaning sobiq nomi poytaxtga qaytarildi.

Eslatib oʻtamiz, 17-sentabr kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Konstitutsiyaga bir martalik yetti yillik prezidentlik mandati va poytaxt nomini Nur-Sultondan Ostonaga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzolagan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling