Xusnora Shodiyeva — oʻzbek blogeri, xonanda, aktrisa va teleboshlovchi. Instagramda blog yuritishni boshlanishi bilan mashhurlikka erishgan. U turmush o'rtog'i bilan ajrashgandan so'ng ommaga keng tanilgan, chunki u butun jarayonni omma bilan baham ko'rishdan tortinmagan va qizlarni yolg'iz qolishdan qo'rqmaslikka va davom etishga chaqirgan.
Oilasi
Xusnora 1993-yil 3-noyabrda tug’ilgan. Otasi musiqachi, onasi Ra’no Ortiqova esa to’y tashkilotchisi bo'lgan. U uch qizning ichida to’ng’ich, uning Madina va Zaynab ismli singillari bor.
Xusnora bolaligidan komplekslarning yo'qligi bilan ajralib turgan. Oilaviy tadbirlarda hech ikkilanmay raqsga tushib, qo‘shiq kuylagan. Keyinchalik bu uning kelajagida ham o'z aksini topdi, barcha muxlislar va obunachilar Xusnorani doimo kulib yuradigan qiz sifatida tanishdi. Shuningdek, u onasiga yoshligidan to'y marosimlarini o'tkazishda yordam bergan va hozirda onasi bu borada ushbu sohaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri hisoblanadi.
Ta'limi
Xusnora bakalavr darajasiga ega bo’lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini ingliz tili o‘qituvchisi yo’nalishini tamomlagan.
Karyera
Blog yuritishi va “Sevimli ovoz” realiti-shousidagi ishtiroki tufayli Xusnora mahalliy telekanallar e’tiboriga tez tushgan va ularning ko'rsatuvlariga boshlovchi sifatida taklif qilingan. Uning birinchi televizion ishi My5 kanalidagi “Trendda siz” dasturi bo’lgan.
Shundan so'ng u "Sevimli" kanalidagi "Yoshimni top” ko'rsatuviga boshlovchi sifatida taklif qilingan, biroq bir necha sondan so'ng bu ko'rsatuvni tark etgan. Keyinchalik unga o'sha kanalda "Sevimli kun" deb nomlangan tonggi ko'rsatuv berilgan.
2 yil davomida u doimiy ravishda ushbu dasturni olib borgan, lekin Xusnora efirda tez-tez va baland ovozda kuladi degan ko'plab shikoyatlardan so'ng u bu ishni ham tark etgan. Keyinroq uning hamkasbi Samandar Hamroqulov Xusnora loyihani u tufayli tark etganini aytdi. Ertalabki ko'rsatuv muhokama qilingan yig'ilishda aynan u ko'pchilik Xusnoraning xatti-harakatidan shikoyat qilishi masalasini ko'targan.
Sevimli telekanalidan ketishi Xusnorani umuman xafa qilmagan, chunki unga har yerdan ish takliflari kela boshlagan. Hozirda Xusnora ko‘plab tadbirlar boshlovchisi bo‘lib, ularning birida Toshkent shahar hokimiga Tik Tok ijtimoiy tarmog’i uchun raqs tushishini taklif ham qilgan.
Muvaffaqiyatli boshlovchilik faoliyatiga qaramay, Xusnoraning haqiqiy kasbi xonandalik hisoblanadi. Uning xonandalik yoʻlidagi ilk jiddiy qadami “Sevimli ovoz” realiti-shousidagi ishtiroki boʻlgan. Ko’pchilik uning g’alabasiga ishongan bo’lsa-da, u loyihani o’zi tark etgani uchun finalga chiqa olmagan. U buni o’g’lini sog’inishini, loyiha ishtirokchilari esa alohida uyda yashashga majbur ekanligi bilan izohlagan.
Hozirda Xusnora “Sharqoniy” guruhida kuylaydi, shu bilan birga yakkaxon treklarini ham chiqarib turadi.
Blogi
Xusnora o‘z blogida doim quvnoq, kulib turgan qizni ko‘rsatib kelgan, shuning uchun kuzatuvchilari uni yaxshi ko‘rishadi. Xusnora birdaniga ajrashish uchun ariza berib, bu haqda omma oldida gapirgani barchani hayratga solgan. Ko'pchilik uni shaxsiy hayoti haqida haddan tashqari ochiq gapirgani uchun yomon ko'rgan, bunga javoban Xusnora bundan qo'rqmaslik kerak - ajrashish hayotingning oxiri emas, degan.Shundan so’ng u o'zini baxtsiz his qiladigan nikohi haqidagi qayg'uli hikoyalari bilan tez-tez bo’lishib kelgan.
“ Men o’zimning misolimda ajralish hayotning oxiri emasligini ko'rsatmoqchiman. Kichkina bolangiz bilan ham muvaffaqiyat qozonishingiz va baxtingizni topishingiz mumkin. Yig'lashni qachon to'xtatishni va davom etishni o'zingiz tanlaysiz. Asosiysi, hech narsadan qo'rqmaslik.”
Shaxsiy hayoti
Xusnora bo'lajak turmush o'rtog'i bilan tasodifan tanishgan. Ma'lum bo'lishicha, yigit uzoq vaqtdan beri oila qurmoqchi bo'lgan va o'ziga mos qiz izlagan. U qizni ijtimoiy tarmoqlarda uchratgan va harakat qilib ko’rishga qaror qilgan. U qizning onasiga qo'ng'iroq qilgan, onasi uni boshqa to'y mijozi deb o’ylab, uyini manzilini bergan. Shu yerda ilk bor Xusnora bilan uchrashgan. Oradan uch oy o'tgach, 2015 - yilning 19 - martida ular turmush qurishgan.
“Nega uch oydan keyin unga turmushga chiqishga rozi bo'lganimni haligacha tushunmayman. Boshida hammasi zo'r edi, lekin keyin nega shoshib qaror qilganimni tushundim” deb yozadi bloger.
Ma'lum bo'lishicha, turmush o’rtog’i tez-tez ichgan va u bilan deyarli vaqt o'tkazmagan. Xusnora bu munosabatga uzoq vaqt chidagan, lekin bir kuni u narsalarini yig'ib, ketishga qaror qilgan. Eri bundan xabar topgach, uning orqasidan yugurgan.
“Sovuqda yalangoyoq orqamdan yugurdi. Men qo'limda bolam bilan edim va juda ham qo’rqib ketgandim”
2017-yilda ular rasman ajrashishdi. Bu nikohdan ularning umumiy o'g'li Salim tug'ildi, ammo sobiq eri o'g'lini tarbiyalashda ishtirok etmagan. Xusnora o‘g‘li tug‘ilgunga qadar boshqa bolasi tushib qolganini ham aytib o‘tdi.
“Men Salim uchun ham ota ham onaman”
Ajrashganidan keyin Xusnora hali jiddiy munosabatlarni boshlamagan, lekin u o'z baxtini topishni orzu qilishini, eng muhimi, uning kelajakdagi jufti o'g'li Salimni qabul qilishi kerakligini qayta-qayta aytgan.
Hozir Xusnora ijtimoiy tadbirlarda, to‘ylarda faol ishtirok etib, o‘z blogini yuritib kelyapti. Xusnora “Надежда Стрелец” bilan intervyuda ham ishtirok etdi, u deyarli 1.3mln marta ko'rildi (maqola yozilgan vaqtda).
Filmi
Malikam filmida Samira rolida
Kliplari
Shokhrullo Abdullayev - Bu kecha