Micrososft Ukrainaga 100 mln dollar moliyaviy yordam ajratishini e'lon qildi

Korporatsiya Ukraina tinch aholisiga qarshi jinoyatlarni tergov qiluvchi xalqaro tashkilotlarga maʼlumotlarni taqdim etishda yordam koʻrsatadi

Foto: Inbusiness.kz<br>

Foto: Inbusiness.kz

Ameriakaning yirik korporatsiyalaridan biri Microsoft 2023-yilda Ukrainaga texnologik yordam koʻrsatishni kengaytirishni va 100 mln dollar miqdorda qoʻshimcha moliyaviy yordam ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning vitse-prezidenti Bred Smit Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixailo Fedorov qoʻshma matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, urush boshlanganidan beri Microsoft va boshqa bir qator texnologik kompaniyalar Ukraina hukumatiga va xalqiga texnologik yordam koʻrsatib kelmoqda.

“Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi raqamli ittifoq mustahkam turishda davom etishi kerak”, — deya taʼkidlaydi Bred Smit.

Uning soʻzlariga koʻra, 2023-yilgi yordam rejalarini hisobga olganda, maxsus operatsiya boshlanganidan beri Microsoft tomonidan Ukrainaga koʻrsatilgan yordamning umumiy miqdori 400 mln dollardan oshadi.

Smitning qoʻshimcha qilishicha, korporatsiya Ukraina tinch aholisiga qarshi jinoyatlarni tergov qiluvchi xalqaro tashkilotlarga maʼlumotlarni taqdim etishda yordam koʻrsatadi.

Shuningdek, korporatsiya, Ukraina, Polsha va Yevropa Ittifoqining boshqa joylarida faoliyat yurituvchi notijorat va gumanitar tashkilotlarni va insonparvarlik yordami bilan shugʻullanuvchi notijorat tashkilotlariga hissa qoʻshayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlaydi hamda ularning bu faoliyatiga koʻmaklashadi.

Microsoftning maʼlumotlariga koʻra, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya tomonidan Ukraina rasmiylariga qarshi 48 ta kiberhujum qayd etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling