Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati
2-avgust kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida 14 yoshli E.E. tog'asining 15 yoshli o'g'lini otib o'ldirib qo'ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2008-yilda tug’ilgan bola Parkent tumani Yoshlik mahallasida yashovchi tog'asining uyiga mehmonga kelgan. U yerda tog'asining o'g'li bilan qushlarni ovlash maqsadida 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan.
Ma’lum bo’lishicha, 14 yashar bola ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o'q otib 15 yoshli tog'asining o'g'lini chap ko'krak sohasini jarohatlagan. Oqibatda u olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.
Parkent tumanidagi Yoshlik mahalla fuqarolar yig'inida 4-avgust kuni mazkur jinoyat yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda IIBB Probatsiya bo'limi boshlig'i podpolkovnik S.Mirto'laev so'zga chiqqan va ushbu holat bo’yicha mahallada yashaydigan har bir fuqaroni ogoh bo’lishga chaqirgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling