Hasbik Konor Makgregor bilan janjallashdi

Treshtok yulduzlari Konor Makgregor va Hasbulla internetda bir-birini haqoratlagan

Foto: family gym

Foto: family gym

Ijtimoiy tarmoqlarda biroz kulguli  "janjalcha" yuz berdi. Treshtok yulduzlari Konor Makgregor va Hasbulla internetda toʻqnashdi.

Konor: “Katta zavq bilan bu kichik xastani toʻsiqdan nariga uloqtirib yuborardim. Nechi pul turadi uni uloqtirish? Bir kuni 3 ochkolik tashlash qilishni oʻzimning missiyam deb bilaman”.

Hasbik esa bunga javoban: “Lekin bu qoʻlingdan kelmaydi. Seni poʻpisali gaplaring darajasi viskilaringdan ham past. Sendan farqli, men magʻlubiyatsiz rekordimni saqlab qolganman. lokatsiya joʻnat”.

Bir qancha jangchilar Hasbik tarafini olishdi.

 “Unga faqat men orqali yaqilashishing mumkin. Doʻstimni tinch qoʻy”, —  deydi yarimengil vazn chempioni Aleks Volkanovski Konorga.

Shuningdek, Hasbulla Konorga allaqachon u Xabibdan mag'lubiyatga uchraganini, Floyd Meyvezer bilan jangdan tushgan pullari tugagani uchun yana "hayp" hohlayotganini qo'shimcha qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar