Qirg'iziston prezidenti Tojikiston rahbarini kelishuvlarni buzganlikda aybladi

Prezident MDHni tashkil etish to'g'risidagi Olmaota deklaratsiyasini eslatib o'tgan

Foto: BMT<br>

Foto: BMT

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov BMT minbaridan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘z prinsiplaridan chetga chiqib, barcha kelishuvlarni buzganini ta'kidladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini (MDH) tashkil etish to‘g‘risidagi Olmaota deklaratsiyasi haqida ham keltirib o'tgan. Unga ko'ra, mustaqil davlatlar bir-birining hududiy yaxlitligi va mavjud chegaralar daxlsizligini tan oladi va hurmat qilishi qayd etilgan.

"Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining "MDHga aʼzo davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va chegaralarining daxlsizligiga rioya qilish toʻgʻrisida"gi Moskva deklaratsiyasida bu tamoyil Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan tasdiqlangan. U o'z imzosini qo'ygan va ushbu hujjatni tasdiqlagan. Afsuski, u hozir bu tamoyildan chetga chiqmoqda", — deydi Japarov.

Shuningdek, prezident so‘nggi voqealarni eslagan.

"Tojik tomoni avval erishilgan barcha kelishuvlarni buzgan holda, qirgʻiz-tojik davlat chegarasining butun perimetri boʻylab chegara va fuqarolik obyektlariga hujum qildi", — qoʻshimcha qilgan prezident

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling