AQSh prezidenti Jo Bayden nutqidan so'ng "ko'rinmas odam" bilan gaplashdi — video

Prezident sahnada nutq so'zlayotgan payti o'zini boshqacha tutgan

Foto: ndtv

Foto: ndtv

AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kungi tadbirda sahnada sarosimaga tushib qolgan. Bayden Global Jamg'armaning yettinchi to'ldirish konferentsiyasida nutq sutq so'zlab bo'lganidan keyin sarosimaga tushib, minbarni tark etish uchun o'girilib, to'xtab qolgan.

79 yoshli Jo Bayden "ko'rinmas odam" bilan past ovozda nimanidir gaplashgan. Amaldorlar unga "Janob Prezident" deya murojaaat qilib vaziyatni yumshatgan. 

Ta'kidlash joizki, OITS, sil va bezgak bilan kurashish uchun mablag' yig'ish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 14,25 milliard dollar to'plandi, bu ko'p tomonlama sog'liqni saqlash tashkiloti uchun yig'ilgan eng yuqori miqdor hisoblanadi

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling