Manchester Yunayted Grizmanni sotib oladi

Futbolchini "qizil iblislar" qishki transferlar doirasida yanvar oyida sotib olmoqchi

Foto: Football Espana

Foto: Football Espana

“Barselona”dan ijaraga olingan “Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmann qishda “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda “The Atletic” nashri xabar bermoqda.

 Ingliz klubi 31 yoshli fransuz futbolchisiga yana qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, agar “Atletiko” va “Barselona” Grizman bo‘yicha o‘zaro kelishmovchilikni hal qilmasa, ushbu transfer amalga oshishi mumkin.

Hozirda rasman "Barselona" futbolchisi hisoblangan Grizmann ijara asosida "Atletiko Madrid" klubida to'p tepmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar