Foto: CNN
Pokistonda joriy yilning yozida kuzatilgan musson yomg'iri va toshqinlar oqibatida kamida 903 kishi, jumladan 326 bola vafot etgan. Bu haqda "CNN" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, minglab odamlar oziq-ovqatlarsiz, boshpanasiz qolgan. Shuningdek aloqa liniyalari uzilgan.
Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, salkam 3 ming km yo'l va 129 ta ko'prik vayron bo'lgan. Katta zarar ko'rgan hududlarga kirish to'sib qo'yilgan, 5 mingdan ortiq chorva mollari nobud bo'lgan.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, iyun oyi o'rtalaridan beri Pokistonda 2,3 million kishi suv toshqinlaridan jabr ko'rgan. Shu bilan birga 95 mingdan ortiq uy vayron bo'lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling