Toshkent shahar sudi tomonidan toʻrt yil-u uch oyga ozodlikdan mahrum qilingan D.Jumayevaning advokati Toshkent shahar prokuroriga OAV orqali D.Jumayeva haqida notoʻgʻri axborotlar tarqatilib, tuxmat qilingan shikoyat kiritgan. Bu haqda Rasul Kusherbayev o'zining Telegram kanalida xabar berdi.
Advokatning bildirishicha, D.M.Jumayevaga nisbatan jinoyat ishi Internet tarmoqlarida notoʻgʻri talqin qilingan.
Xususan, "Qalampir.uz" sayti muxbiri tomonidan “2022-yil 26-mart kuni soat 11:00 da “Oʻzbekiston-Turkiya-Suriya” yoʻnalishi orqali Suriyaga borib, terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish maqsadida harakat qilayotganida fosh etilgan va protsessual tartibda ushlangan. Sud D.Jumayevani ochiqda qoldirish orqali qayta tarbiyalash imkoni mavjud emasligini inobatga olib, ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan”, degan maqola chop etilgan.
Bundan tashqari taxririyat maqolasida uni aybi “uning oʻzini bergan koʻrsatmasi bilan xam tasdilangan”, deb qayd etilgan.
"D.M.Jumayeva bunday koʻrsatma bermagan xamda 2022-yil 26-mart kuni koʻchada boʻlmagan, uni erki cheklangan xolda sudning qarori bilan qamoqda boʻlgan va erkinlikda yaʼni koʻchada biror bir xarakat qilish yoki xarakalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan”, deyiladi shikoyatda.
Advokat Internetda chop etilgan bu kabi maqolalar bilan keng ommaga D.Jumayevani terorchilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun Suriyaga ketmoqchi boʻlgan, degan tuxmat uyushtirilgan, deb hisoblamoqda.
Shuningdek, aynan xuddi shunday maʼlumotlar rus tilida chop etiluvchi “Uznews.uz” veb-saytida ham rus tilida tarqatilgan.
Advokat Toshkent shahar prokuroridan veb-saytlarda tarqatilgan ushbu maʼlumotlarni oʻrganib, qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Rasul Kusherbayevga ko'ra, "Qalampir.uz" sayti ushbu maʼlumotlar Toshkent shahar sudlarining rasmiy telegram kanalidan olinganini bildirgan. Ularning maʼlum qilishicha, bu maʼlumotlar boshqa axborot resurslarida ham Toshkent shahar sudlari rasmiy kanalidan soʻzma-soʻz olinib, tarqatilgan.
Hozircha Toshkent shahar sudlari holatga rasmiy munosabat bildirmadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling