Foto: uzsuz.uv
Qashqadaryoning Shahrisabz, Ko'kdala va Nishon tumanlarida 3 nafar fuqaro jami 1 mlrd 564 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani ma'lum bo'ldi.
Foto: uzsuz.uv
Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyida mazkur tumanlarda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasi va "Qashqadaryo suv taʼminoti" MCHJ xodimlari tomonidan reyd o'tkazilgan.
O'tkazilgan reyd tadbirlari davomida, 3 ta holatda magistral quvurga noqonuniy ulanib, jami 1 mlrd 564 mln so'mlik ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik holatlari aniqlangan.
"Achinarlisi, olis hududlarda minglab yurtdoshlarimiz kundalik ehtiyojlari uchun suv topolmay qiynalgan yozning chillasida ichimlik suvidan kimdir baliq ko‘lini suv bilan to‘ldirishda, yana kimdir beda, tarvuz ekilgan dalasini sug‘orishda foydalanib kelgan", deyiladi xabarda.
Mazkur holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling