Telegram "username"lari auksionga qo'yildi

Telegram yuzerneymlarni NFT ko‘rinishida sotishga tayyorlanmoqda

Foto: reutersinstitute

Foto: reutersinstitute

Bir necha oy avval Pavel Durov o‘zining Telegram messenjeridagi "@royal" kabi jozibali va shunga o‘xshash barcha to‘rt harfli foydalanuvchi nomlarini auksionga qo‘yilishini ma’lum qilgan edi va bu tez orada amalga oshadigan ko‘rinadi: Telegram yuzerneymlarni NFT ko‘rinishida sotishga tayyorlanmoqda. 

Xabarda yozilishicha, TON texnologiyasiga asoslangan GetGems NFT platformasida "Telegram usernames" va "Debug Telegram usernames" nomli ikki kolleksiya paydo bo‘ldi. Durov's Code'ning xabar berishicha, NFT'lar 11-oktabrda mint qilingan va ular Telegram jamoasi tomonidan joylangan.

Birinchi kolleksiya o‘z ichiga "erevan.t.me" kabi besh va undan ko‘p harfli, shuningdek, "abcd.t.me", "name.t.me" kabi bir nechta to‘rt harfli va shu bilan birga "mrt.t.me", "mmm.t.me" kabi uch harfli yuzerneymlar mavjud va ularning umumiy soni 24 tani tashkil qiladi. Yana bir kolleksiyada faqat bitta, "mmm.t.me" yuzerneymi bor. Hozircha bularning hech qaysi birini sotib olib bo‘lmaydi.

Durovga ta’kidlashicha, bunday qisqa va jozibali foydanaluvchi nomlarini auksion orqali sotish, bo‘lajak egalariga ulardan yaxshi maqsadda foydalanishlariga motivasiya bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar