Foto: Nova24
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 21-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida namoyish etilgan video nutqida Rossiyani jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashida veto huquqidan mahrum qilishga chaqirdi.
"Agressor xalqaro tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etar ekan, u ularda yakkalanib qolishi kerak, hech bo‘lmaganda tajovuz davom etayotganda. Ovoz berish huquqidan voz keching, delegatsiyalar yuborish huquqidan mahrum qiling, agar u BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lsa, tajovuzkorni muayyan tashkilotlar doirasida jazolash uchun veto huquqidan mahrum qiling", — deya ta'kidlagan prezident.
Ukraina rahbarining so'zlariga ko'ra, Rossiyani jazolash "tinchlik formulasi"ning bir qismi bo'lishi kerak. U xalqaro tashkilotlarda izolyatsiyadan tashqari, sanksiyalar, savdo blokirovkasi va zararni qoplashni ham o'z ichiga oladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling