Jizzaxda tunda 30 ga yaqin daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Hozirda daraxt kesganlarning shaxsini aniqlash maqsadida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Foto: Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati<br>

Foto: Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidan oʻtuvchi M-39 avtomagistral yoʻli boʻyidagi daraxtlar kesilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Tekshiruvlar davomida 25-oktyabr kunidan 26-oktyabr kuniga oʻtar kechasi Oʻrmon xoʻjaligiga qarashli boʻlgan ushbu hududdan nomaʼlum shaxslar tomonidan 26 tup qayragʻoch va oʻrik daraxti kesilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, Gʻallaorol tumani Ichki ishlar boʻlimiga taqdim etilgan.

Hozirda daraxt kesganlarning shaxsini aniqlash va holatga qonuniy baho berish yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling