Foto: twitter
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning klub miqyosida 700 ta gol urganiga munosabat bildirdi.
“Klub miqyosida 700 ta gol urishning uddasidan yana kimdir chiqa oladimi? Aytish qiyin. Bu futbolchi uchun katta yutuq demoqchiman. Krishtianuni tabriklayman. Uning uchun xursandman.
Bu uning APL joriy mavsumidagi dastlabki goli boʻldi, bu esa unga kelguisi haftalarda koʻproq gol urishiga yordam beradi”, — deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, 37 yoshli hujumchi “qizil iblislar” safidagi oxirgi 5 oʻyinda 2+2 natija koʻrsatdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling