Foto: Rozetked.me
Hindistonning Peddapuram shahridagi kinoteatrlardan birida “Avatar-2” filmini yomosha qilayotgan erkak yuruk xurujiga uchrab, vafot etdi. Bu haqda “Rozetked.me” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kino vaqtida hindistonlik erkak mazasi qochib, hushini yoʻqotgan. U bilan birga kinoteatrga kelgan ukasi zudlik bilan uni kasalxonaga olib borgan, biroq, shifokorlar uning vafot etganini aytishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, shu kabi hodisa filmning birinchi qismini taqdim etish vaqtida ham sodir boʻlgan. Unda 42 yoshli tayvandlik erkak film tomosha qilayotgan vaqtda vafot etgan. Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, u filmni koʻrish vaqtida haddan tashqari hayajonlangan, bu esa qon bosimi koʻtarilishiga sabab boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling