Foto: Space
Quyoshda paydo bo'lgan kichik dog' ikki kun ichida 10 martaga kattalashib, Yerning kattaligi bilan taqqoslanadigan o'lchamga ega bo'ldi. Bu haqda “Space” xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Quyosh dog'i Yer tomon yo'naltirilgan bo'lib, tez orada chaqnashlar yuz berishi kutilyapti. Quyoshdagi bu otilishlar natijasida Yerda geomagnit bo'ronlari kuzatiladi.
“AR3085” deb nomlanayotgan quyosh dog'i dastlab kichik bo'lgan, biroq ikki kun ichida 10 martaga kattalashib Yerning kattaligi bilan tenglashgan. U Yer tomonga yo'naltirilgan. Aynan Quyosh dog'larida chaqnashlar paydo bo'lib, ular Quyosh zarralari ajralishi bilan birga keladi va Yerda geomagnit bo'ronlarni keltirib chiqaradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling