Shahrixon tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri ko'chat ekmagani uchun maktab direktorlarini "haromxo'r" deb atadi

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mas'ullari holat nazoratga olinganini, o'rganilayotganini ma'lum qilgan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Andijon viloyatining Shahrixon tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Javlon Mamatqodirov tumandagi ayrim maktab direktorlarini haromxo'rlar deya haqorat qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, XTB mas'uli direktorlarni ko'chat ekmaslida ayblagan.

"Bir narsaga men amin bo'lyapman va afsuslanyapman. Ba'zi bir maktab direktorlarimiz shu darajada yolg'onchi, afirist, haromxo'r ekanki, bu yog'iga gap topolmayapman.

Shanba kuni, o'tgan hafta hamma maktablarda, rahmat zo'r tashkil qilganlar, butun boshli bog' tashkil qilib qo'yganlar bor. Yuzta, ikki yuzta, kamida ellikta ko‘chat ekkanlar bor. Lekin ba'zi bir haromxo'r direktorlar, shunaqa deyishga majburman. Ba'zi birlaringga yomon tegmasin, uzr ustozlar. Lekin shu gaplarni aytishga majburman", degan XTB mudiri.

Shuningdek, Javlon Mamatqodirov maktab direktorlariga bir dona ko'chat sig'adigan joy qolmagunicha ko'chat ekishlarini ta'kidlagan.

"Shaxsan yurib, aylanib ko'ryapman. Shanba kuni uch dona ko'chat ekibdi. Insofsiz, o'zini yolg'on gapirib, haromdan oylik olib yeb yurgan ifloslar uch dona ko'chat ekkan. Ba'zi bir maktablar, umuman ekmaganlari ham bor. Hali ularga ham yetib boraman. Hisob kitobingizni qiling. Qaysi maktab ekmagan yoki uch-to‘rt dona “pokazuxa”ga ekib qo‘yib, meni aldamoqchi bo‘lganlar baribir yetib borib, sharmandangizni chiqaraman. Bu hafta shanba kuni yana tayyorgarligingizni qiling. Qaysi maktab bo'lishidan qat'i nazar bir dona ko'chat sig'adigan joyim yo'q, qolmadi deguncha ekasiz. Xohlasangiz bir haftada tugatib qo'ying, xoxlasangiz o'n haftada tugating. Lekin tugatmaguncha ekasiz", — deydi direktorlarni haqorat qilgan XTB mudiri.

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mas'ullari holat nazoratga olinganini, o'rganilayotganini ma'lum qilgan.

Shu o'rinda viloyat xalq ta'limi boshqaruvidagi tuman, shahar xalq ta'limi bo'lim va viloyatdagi ta'lim ehtiyojlarining birortasiga daraxtni sotib olish, ularni to'g'ridan-to'g'ri topshiriq va ko'proq sifatli bermaganligini ta'minlash. kidlab o'tamiz. O'rganish yakunlariga ko'ra tadqiqot ma'lumot beriladi, - deyiladi mas'ullar izohida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar