Foto: IIB YHXX axborot xizmati
Surxondaryo viloyati prokuraturasi viloyat IIB JXX YHXBga tegishli "Tracker" avtomobili yo'l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzib kelgani, lekin unga belgilangan jarimalar undirilmayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Aniqlik kiritilishicha, Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB tasarrufida bo'lgan maxsus jixozlangan "Tracker" rusumli xizmat mashinasi Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB YPXB 3-safarbar guruhi komandiriga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXBda o'rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklarni qayd etish ma’lumotlar bazasi tekshirib ko'rilgan.
Tekshiruv natijasida ushbu transport vositasi mulkdoriga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 171, 3091, 248, 304, va 307-moddalariga asoslangan holda 77 ta holatda belgilangan harakat tezligi oshirganlik holati yuzasidan YHXB MAB ma'sul xodimlari tomonidan jarima qarorlari tayinlanganligi qayd etilganligi va Surxondaryo viloyati hududida sodir etilgan 77 ta holatda belgilangan harakat tezligi oshirganlik holati yuzasidan YHXB MAB ma'sul xodimlari tomonidan jarima qarorlari tayinlangan.
"Surxondaryo viloyati hududida sodir etilgan 77 ta holat viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, viloyatga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlarni xavfsizligini ta,minlash, viloyat hududida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlar va o'quv mashg'ulotlarida harakat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, o'z vaqtida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda, pul va portlovchi moddalarni o'z vaqtida kechiktirmasdan manziliga yetkazish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshirish jarayonida belgilangan harakat tezligini oxirgi zarurat holatida amalga oshirganligi holati bo'yicha YHXB MAB mas'ul xodimlari tomonidan qayta ko'rib chiqilmoqda", – deyiladi bayonotda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling