Foto: Prokuratura Departamenti
Toshkent shahar Uchtepa tumanida kommunal toʻlovlar uchun undirilgan pullarni oʻzlashtirgan shirkatlar aniqlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan.
Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida, “N.n”, “M.s”, “B.s”, “S.k” va “I” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal toʻlovlari uchun undirilgan jami 413,9 mln soʻmni kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling