Ayni vaqtda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yoʻllamoqda. Murojaat davomida Shavkat Mirziyoyev bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinishini maʼlum qildi.
“Bu yil “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi yangi Qonunni qabul qildik.
Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi.
Barcha rahbarlar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholab boriladi.
Har yili 500 nafar mutaxassisni eng nufuzli xorijiy oliygoh va markazlarda oʻqitib kelamiz.
Kelasi ikki yilda har bir tuman va shahar hokimligiga respublika idoralarida yuqori lavozimlarda ishlagan, bilimli va tajribali kadrlar qoʻyiladi.
Yangi yildan boshlab har bir hokim oʻz tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiyalarni olib kelishi kerak boʻladi”, — deydi Prezident.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling