Foto: Repost.uz
Prezidentning “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Hukumatga boʻysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora toʻliq tugatilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Togʻ-kon va geologiya vazirligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Tabiat resurslari vazirligi;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
Suv xoʻjaligi vazirligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Adliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Madaniyat va turizm vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling