Respublika bo'ylab 15 mingga yaqin aholi gazsiz qoldi

516 ta mahallada (79 000 isteʼmolchi) gaz bosimi pasaygan

4-dekabr kuni Oʻzbekiston aholisiga 68 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Shunga qaramay, 516 ta mahallada (79 000 isteʼmolchi) bosim pasaygan, 14 000 ta isteʼmolchining gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ayni paytda “Binokor” va “Bektemir” gaz taqsimlash stansiyalarida chiqish bosimini oshirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu esa Chilonzor, Uchtepa, Shayxontoxur, Yakkasaroy, Mirobod va Sergeli tumanlarida tabiiy gaz taʼminotini normallashtirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarining ish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilgan.

“Jamoat va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega transport vositalariga yoqilgʻi quyish tungi vaqtda amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling