Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan gaz ittifoqini yaratish masalasi oʻzaro kelishuv va murosa qarorlarini talab qilishi haqida gapirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Oʻzaro kelishuvga asoslangan va, ehtimol, biron bir joyda murosasiz yechimlarni ishlab chiqish va qabul qilishni talab qiladigan juda koʻp masalalar mavjud, ularni aniq topish mumkin. Yaʼni, bu maʼnoda qandaydir energetik ittifoq boʻlishi mumkin”, — dedi Rossiya rahbari.
Vladimir Putin, shuningdek, YEOII mamlakatlari oldidagi majburiyatlar haqida gapirgan.
”Oʻzbekiston hamon kuzatuvchi maqomda, biroq bu, albatta, Oʻzbekistonning YevrAzES faoliyati bilan yaqindan tanishishi va bu yerda umuman YevrAzES bilan umumiy til topishi uchun sababdir", — deydi u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling