Foto: The Straight Times
Malayziyaning bir qancha hududlarida kuchli suv toshqinlari yuz berdi, beshta shtatda 56 159 kishi evakuatsiya qilindi. Bu seshanba kuni eʼlon qilingan hukumat maʼlumotlari dalolat beradi, deya yozmoqda "Sinxua" agentligi.
“Koʻp zarar koʻrgan hududlar yarimorolning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan. Kelantan shtatidan 17 326 kishi va Trenganu shtatidan 37 792 kishi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish markazlariga evakuatsiya qilindi”, - deya xabar berdi Bernama davlat axborot agentligi.
Rasmiylar besh kishi, jumladan, 15 oylik bola halok boʻlganini tasdiqladi.
Zarar koʻrgan bir qancha hududlardagi daryolarda suv sathi xavfli darajadan oshib ketdi.
Yongʻin xavfsizligi va qutqaruv departamenti direktori Ahmad Izram Osmonning aytishicha, uning jamoasi Trenganudagi suv toshqini bilan bogʻliq vaziyat haqida aniq hisobot olish uchun havodan kuzatuv olib bormoqda va Kelantanda ham xuddi shunday kuzatuv oʻtkazishini aytdi.
Boshqa jabrlangan shtatlarda (Paxang, Johor va Perak) bir necha yuz kishi evakuatsiya qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling