Foto: Repost.uz
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, jami pul massasi noyabr oyida 5,9 trln soʻmga ortib, 1-dekabr holatiga 177,2 trln soʻmga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunda milliy valyutadagi boshqa depozitlar qoldigʻi 3,8 trln soʻmga va chet el valyutasidagi depozitlar qoldigʻi 5,5 trln soʻmga koʻpaygan boʻlsa, tor maʼnodagi pul massasi 3,4 trln soʻmga qisqargan.
Xususan, noyabr oyida naqd pullar 2,4 trln soʻmga kamayib, muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldigʻi 1-dekabr holatiga 41,3 trln soʻmni tashkil etgan.
Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldigʻi 12,7 trln soʻmga koʻpaygan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling