Surxondaryoda yuqori tezlikda kelayotgan Cobalt urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi

Yana bir piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

 Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidan oʻtgan qismida tezlikni oshirgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgan va mashina yoʻl chetida turgan piyodalarni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 24-dekabr kuni M-41 xalqaro avtomobil yoʻlining Shoʻrchi tumanidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan.

Oqibatda piyodalardan biri voqea joyida halok boʻlgan. Yana biri shifoxonaga yotqizilgan. Cobalt esa agʻdarilib ketgan.

Haydovchi boshqargan mashina tekshirib koʻrilganda soʻnggi 40 kunda 8-marta tezlikni oshirib qoidalarni buzgani radarlarda qayd etilgani maʼlum boʻlgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling