Foto: Tez News
173 nafar sovet davri qatagʻonlari qurboni oqlandi. Bu haqda “UzA” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati mustabid sovet tuzumi davrida qatagʻon qurboni boʻlgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 173 nafar shaxsga oid jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqqan. Sud ishi yakunlariga koʻra, ularning barchasini oqlangan.
2022-yilning 6-yanvar kuni oʻtkazilgan ochi sud majlisida sobiq mustabid davrida qator nohaq qoʻyilgan ayblovlar koʻrib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirilgan va jami 6 ta jinoyat ishi boʻyicha 120 nafar shaxs oqlangan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling