O'zbekistonda yil boshidan buyon qancha odam is gazidan zaharlangani ma'lum qilindi

Yil davomida respublika boʻylab 90 dan ortiq is zaharlanish holatlari qayd etilgan

Foto: FVV.uz<br>

Foto: FVV.uz

Oʻzbekistonda 2022-yil boshidan buyon 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʻlum qilinishicha, yil davomida respublika boʻylab 90 dan ortiq is zaharlanish holatlari qayd etilgan. Xabarga koʻra, buning oqibatida 146 nafar fuqaro hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, yana 50 nafar shaxs turli darajadagi tan-jarohatlari olgan.

“Ichki ishlar vazirligi koʻmir, oʻtin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilgʻidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi. Nostandart yoki sertifikatlanmagan isitgich va pechlardan foydalanmang”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling