Nukus voqealari bo'yicha sud ishi boshlandi

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida ayblanmoqda

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Buxoro viloyati sudida 1−2-iyul kunlari Nukusda sodir boʻlgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini koʻrib chiqish boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra 22 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 104 (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 159 (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish ), 164 (Bosqinchilik), 167 ( Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 227 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish ), 243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244 (Ommaviy tartibsizliklar), 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish), 247 (Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) va 277-moddalarida (Bezorilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamogʻi” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling