Foto: AOKA
2022-yilning 10 oyi davomida 25 nafar IIO xodimlari vafot etgan va 284 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
“Shu yilning 10 oyida 25 nafar IIO xodimi vafot etgan. Shundan 9 nafari yoʻl-transport xodisasi oqibatida halok boʻlgan boʻlsa, qolgan 16 nafari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda vafot etgan”, — deydi Unda IIV maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Hamza Mahsumov.
Uning soʻzlariga koʻra, shu muddat davomida ichki ishlar organlarining 284 nafar xodimi turli darajada tan jarohati olgan. Ularning aksariyati olgan tan jarohati oqibatida orttirilgan nogironlik holati yoki xizmatga yaroqsizligi sababli, sogʻligʻining holatiga koʻra ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling