Hindistonda diniy marosim vaqtida sodir bo'lgan suv toshqini oqibatida sakkiz kishi halok bo'ldi — video

Jabrlanganlar soni yanada ortishi mumkin.

Foto: India.com

Foto: India.com

Hindistonda "Durga Puja" bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan suv toshqini oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 40 ga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda "India com" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, G'arbiy Bengaliya yaqinida oqib o'tadigan Mal daryosi boʻyida marosimni tomosha qilishga kelgan aholini suv toshqini olib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida olti ayol va ikki bola bor.

Maʼlum qilinishicha qutqaruvchilar suv olib ketgan odamlarni qidirishda davom etmoqda. Jabrlanganlar soni yanada ortishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling