NATO Xitoyni Rossiyaga ta'sir o'tkazishga chaqirdi

NATO Bosh kotibi Xitoydagi inson huquqlari va Tayvan xavfsizligidan ham xavotir bildirgan

Foto: Anadolu<br>

Foto: Anadolu

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashib, oʻz mamlakatini Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga taʼsiridan foydalanishga chaqirdi. Bu haqda "Anadolu" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Stoltenberg Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi chog‘ida Xitoy vaziri Van Yi bilan uchrashuvi haqida ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.

"Men Xitoyni Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga ta’siridan foydalanishga chaqirdim", — deydi Stoltenberg.

Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda NATO Bosh kotibi Xitoydagi inson huquqlari va Tayvan xavfsizligidan ham xavotir bildirgan.

Xabarga ko'ra, Stoltenberg NATO global xavfsizlik bo‘yicha muloqotni davom ettirishga tayyorligini aytgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling