Foto: UzRepost
Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasidagi Punin shahri aholisi osmonda noyob silindrsimon kamalak bulutini ko'rdi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur atmosfera hodisasi "pileus" deb ataladi. Uning paydo bo'lishi uchun bir nechta omillar kombinasiyasi talab qilinadi.
Kamalak buluti qattiq muz zarralari mavjud bo'lgan nam havoning sovishi va kondensatsiyasi natijasida hosil bo'lgan. To'g'ri burchak ostida yo'naltirilgan quyosh nuri bulutdagi tomchilar va muz kristallari orasida singan va kamalak paydo bo'lgan.
Maʼlumot o'rnida, pileus pastdan yuqoriga yo'naltirilgan kuchli yuqori oqim bilan hosil bo'ladi.
Bu odatda yomon ob-havoning boshlanishini anglatadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling