Foto: origo.hu
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda tug‘ilish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasayganiga doir statistikani e’lon qildi.
Statistikaga ko‘ra, ushbu muammoning kelib chiqishi asosan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq.
Xususan, kasallikni jilovlash maqsadida qo‘llanilgan qat’iy karantin cheklovlari va “lokdaun” qoidalari chaqloqlar dunyoga kelishini keskin kamaytirgan.
Ya’ni bu davrda tibbiyot muassasalarining yuklama bilan ishlashi, homiladorlik davrida xastalikni yuqtirishdan kuchli qo‘rquv va iqtisodiy muammolar aksariyat ota-onalarni farzandli bo‘lish rejasidan vaqtincha voz kechishga undagan.
JSSTning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bu borada Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Ruminiyada shiddatli pasayish dinamikasi qayd etilib, ko‘rsatkichlar mos ravishda 28 va 23 foizni tashkil etgan. Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlarida esa kamayish holatlari 14 foizga yetgan.
Tashkilot ekspertlari xulosasiga ko‘ra, koronavirus cheklovlari qancha uzoq davom etsa, bolalar tug‘ilishi ham shuncha ozayaveradi.
Shunga qaramay, bu global muammo Shvesiyani butunlay cheklab o‘tgani bejiz emas. Chunki bu yerda COVID-19 epidemiyasi u qadar katta talafot va yo‘qotishlarni keltirib chiqarmagan Shu sababli rasmiylar mamlakatda qat’iy karantin choralarini joriy qilmagan.
Shuningdek, o‘tgan yil davomida Buyuk Britaniyada tug‘uruqlar soni 13 foiz, Shotlandiya va Fransiyada 14 foiz hamda Ispaniyada 23 foizga kamaygan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling