Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshgani aytildi

Kasallik yuqtirganlar soni kundan-kunga oshmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekiston boʻylab 19-noyabr kuni 81 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Buxoro viloyatida;
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 8 nafari Namangan viloyatida;
  • 3 nafari Samarqand viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;

64 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Shuningdek, SSV statistikasidan kovid yuqtirganlarning kunlik soni ortayotganini koʻrish mumkin. Xususan:

  • 15-noyabr kuni — 48 kishi;
  • 16-noyabr kuni — 61 kishi;
  • 17-noyabr kuni — 69 kishi;
  • 18-noyabr kuni — 92 kishi; 
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling