O'zbekistonga qariyb 420 ming dozadan iborat Johnson & Johnson vaksinalari keltirildi

Shu kungacha YUNISEF COVAX tizimi orqali Oʻzbekistonga jami 21,4 million doza COVID-19 vaksinalarini yetkazib berdi

Foto: YUNISEF O'zbekiston telegram kanali<br>

Foto: YUNISEF O'zbekiston telegram kanali

Oʻzbekistonga 419 ming 950 dozadan iborat COVID-19 ga qarshi Johnson & Johnson vaksinalarining birinchi partiyasi keltirildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2022-yil oxirigacha ushbu vaksinaning yana 1mln 800 dozasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Bunga Kanada hukumatining 471 ming 600 dozasi xayriya, shuningdek, 583 ming 600 dozalik COVAX fondidan yetkazib berish kiradi.

Shu kungacha YUNISEF COVAX tizimi orqali Oʻzbekistonga jami 21,4 million doza COVID-19 vaksinalarini yetkazib berdi.

Janssen Ad26.CoV2.S vaktsinasi Johnson & Johnson farmatsevtika kompaniyalari Janssen Pharmaceutica tomonidan ishlab chiqilgan. Uning koʻpgina koronavirus vaktsinalaridan farqi shundaki, u bitta komponentdan iborat. Biroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taʼkidlashicha, birinchi dozadan keyin 2-6 oy oʻtgach, ikkinchi dozani kiritish infeksiyaning simptomatik kursidan va kasallikning ogʻir shaklidan ishonchliroq himoya qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling