Navoiyda taklif qilingan porani olmagan IIB xodimi taqdirlandi

Fuqaro giyohvandlik moddalari bilan qo'lga tushganligi sababli, ishni “bosdi-bosdi” qilish uchun IIB xodimiga pora taklif qilgan

Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati

Navoiyda IIB tezkor xodimiga pora taklif qilgan shaxs IIV Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand muntazam yoʻl patrul xizmati maskanida oʻz ishini olib borayotgan Karmana tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan 28-noyabr kuni soat 12:00 larda fuqaro yonidan“gashish” va “geroin” giyohvandik moddalarini olib oʻtayotganligi aniqlangan va u tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Shundan soʻng, mazkur fuqaro jinoyat ishi hujjatlarini “bosdi-bosdi” qilish va uni qoʻyib yuborishi uchun tezkor xodimga 1000 dollar miqdorida pora taklif qilgan. Xodim fuqaroga mazkur harakatlar qonunga zid ekanligi hamda holatni ogʻirlashtirishga olib kelishini aytsa ham pora taklif qilishda davom etgan.

Tezkor xodimning bildirgisiga asosan Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro aytilgan pullardan 500 dollari hamda 498000 soʻmini berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabgi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, IIB xodimining koʻrsatgan jasorati hamda korrupsion jinoyatning oldini olishda qoʻshgan hissasi eʼtirof etilib, Boshqarma boshligʻining buyrugʻi asosida pul mukofoti bilan taqdirlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling