Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati
Toshkent xalqaro aeroportining joʻnab ketish terminali oldida Oʻzbekistonda birinchi boʻlib 333 ta avtoturargohga moʻljallangan toʻliq avtomatlashtirilgan avtoturargoh test rejimida ishga tushirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu inson aralashuvisiz ishlaydigan birinchi avtoturargoh. Maʼlum qilinishicha, avtoturargoh avtomobillarning davlat raqamlarini mustaqil ravishda eslab qolib, kirish va chiqish hamda toʻlovlarni qabul qilish imkonini beradi.
Avtoturargoh uchun toʻlovni maxsus parkomat orqali naqd pulda yoki QR-kod yordamida amalga oshirish mumkin. Buni amalga oshirish uchun mashina raqamini terish kerak va avtoturargoh uchun toʻlov miqdori parkomat ekranida paydo boʻladi. Agar mashina raqami avtomatik ravishda aniqlanmasa, kirishda avtoturargoh talonini olish va parkomatda toʻlash kerak boʻladi.
Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati
“Uzbekistan Airports” avtoturargohlarini rekonstruksiya qilish doirasida “K2” kompaniyasidan Yaponiyaning Amano brendidagi avtoturargoh uskunalari xarid qilindi va oʻrnatildi. Toʻliq integratsiyalashgan tizim butun jarayonni - kirish, chiqish va toʻlovni avtomatlashtirish imkonini beradi. Oʻzbekistonda bugungi kunda bunday yechimlar, ayniqsa, toʻlovdan soʻng mijozga avtomatik ravishda qaytim beradigan tizimlar hozirda yoʻq“, — deydi IT departament direktori Kirill Lavrik.
Uning soʻzlariga koʻra, avtoturargoh hozirda tizim test rejimida ishlamoqda. Shu bilan birga, avtomobil raqamlarining qoʻshimcha shablonlarini qoʻshish, toʻlov usullarini toʻldirish boʻyicha baʼzi texnik nyuanslar yakunlanmoqda, shuningdek, avtomobil haydovchilarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish ustida ham ish olib borilmoqda.
Ayni paytda barcha yangi va eski banknotalar, qaytimni olish imkoniyati bilan, toʻlovga qabul qilinadi. Shu bilan birga, Payme toʻlov tizimi yordamida QR-kod orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin. Yaqin vaqt ichida boshqa toʻlov tizimlari, shuningdek, Visa, Mastercard, Humo va UzCard bank kartalari orqali toʻlovlar amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Shuningdek, mobil ilova bilan avtoturargohning integratsiyalashuvi ham yakunlanmoqda, bu esa avtomobildan chiqmasdan toʻlovni amalga oshirish imkonini beradi.
”Inson omilisiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan avtoturargohning ishga tushirilishi nafaqat qulaylik va yangi texnologiyalar, bugungi kunda ularsiz hech qanday soha rivojlana olmaydi. Shu bilan birga ular korrupsiya va poraxoʻrlikdan xalos boʻlish imkonini beruvchi muhim qadamdir. Tizimning ikki kunlik ishlashi natijasida olingan maʼlumotlarga koʻra, haydovchilarning 99 foizi avtoturargoh uchun naqd pulda toʻlov amalga oshiradi, bu esa mablagʻlarning noqonuniy chiqib ketish imkoniyati kattaligidan dalolat beradi. Avtomatlashtirish korrupsiya faktini butunlay istisno qiladi - terminal bilan “kelishib” boʻlmaydi va u daromadlarni yashirmaydi. Toʻliq moliyaviy shaffoflik”, — deydi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.
Xabarga koʻra, bu avtoturargohlarni avtomatlashtirishga qaratilgan birinchi qadam. Ayni paytda ikkinchi avtoturargohda – kelish terminali oldida uskunalarni oʻrnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Kelgusida poytaxt aeroportining qolgan avtoturargohlari ham toʻliq avtomatlashtiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling