Foto: CN
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
Terma jamoalarning yangilangan reytingida Braziliya peshqadamlikni, Oʻzbekiston amaldagi oʻrnini saqlab qoldi
Foto: UFA
Braziliya JCH-2022 yakunida FIFA reytingidagi birinchi oʻrnini saqlab qoldi.
Braziliyaliklar chorak final bosqichida Xorvatiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.
JCH-2022 gʻolibi Argentina terma jamoasi boʻldi, janubiy amerikaliklar bir pogʻonaga yuqorilab, FIFA reytingida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Belgiya esa ikki pogʻonaga tushib ketdi. Angliya beshinchi oʻrinda qoldi, Niderlandiya esa ikki pogʻona yuqorilab, oltinchi oʻringa koʻtarildi.
Xorvatiya besh pogʻona yuqorilab, 12-oʻrindan yettinchi oʻringa koʻtarildi. Italiya ikki pogʻona pastlab, sakkizinchi oʻringa tushib ketdi. Portugaliya toʻqqizinchi oʻrinda qoldi, Ispaniya esa uch pogʻona pastladi.
Marokash va Avstraliya reytingda 11 pogʻonaga koʻtarilib, oʻzlarining eng yaxshi koʻrsatkichlariga erishdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi singari 77-oʻrinni saqlab qolgan holda Osiyoning 10-jamoasi boʻlib turibdi.
FIFA reytingi quyidagicha koʻrinish oldi:
1. Braziliya;
2. Argentina;
3. Fransiya;
4. Belgiya;
5. Angliya;
6. Niderlandiya;
7. Xorvatiya;
8. Italiya;
9. Portugaliya;
10. Ispaniya;
11. Marokko;
12. Shveysariya;
13. AQSH;
14. Germaniya;
15. Meksika;
16. Urugvay;
17. Kolumbiya;
18. Daniya;
19. Senegal;
20. Yaponiya.
Osiyo
1. Yaponiya
2. Eron
3. Janubiy Koreya
4. Avstraliya
5. Saudiya Arabistoni
6. Qatar
7. Iroq
8. BAA
9. Ummon
10. Oʻzbekiston
Benzema Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Goal.com
Karim Benzema Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
“Bugungi darajaga yetishish uchun qoʻlimdan kelganini qildim, bu yoʻlda baʼzi xatolarga yoʻl qoʻydim. Shunday boʻlsa-da, erishganlarimdan faxrlanaman! Men oʻz hikoyamni yozdim va bu hikoya yakuniga yetdi", - deb yozdi futbolchi.
Benzema Fransiya terma jamoasi safida 97 ta oʻyinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan. Hujumchi terma jamoa tarkibida 2022-yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi va 2021-yilgi Millatlar ligasi gʻolibiga aylandi.
Oyogʻi yoʻq sportchi MMAda debyut qildi
Ikkala oyogʻi yoʻq amerikalik jangchi Zayon Klark MMAda debyut qildi.
Gladiator Challenge promoushenida tashkil etilgan oqshomda Yudjin Myurrerga qarshi oktagonga koʻtarildi, Uch raund davom etgan bahsda har uchala hakam ham Klarning gʻalabasini eʼlon qilishdi.
“Arsenal” Ronalduni qoʻlga kiritmoqchi
Foto: Instagram
Londonning “Arsenal” klubi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun kurashga qoʻshildi.
Bu haqda “Sportskeeda” xabar bermoqda.
Aytishlaricha, “kanonirlar” yulduz hujumchini qoʻlga kiritishga harakat qilayotgan oxirgi klubdir. London jamoasi Krishtianuni safdan chiqqan braziliyalik forvard Gabriel Jezus oʻrniga ideal oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda.
Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta portugaliyalikni mavsum oxirigacha APLda qoldirishga koʻndirmoqchi. “Toʻpchilar” “Al Nassr” kabi taklif bilan chiqmaydi, biroq futbolchining oʻtishi boʻyicha kelishuvga erisha oladi.
O‘zbekiston CA va kikboksing bo‘yicha 24 ta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Kikcboxing assocation
Bangkokda (Tailand) kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston 24 medal – 10 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bangkokda (Tailand) kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 24 medal – 10 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar berdi.
Oltin medal:
Davlatbek Abdumurotov - 67 kg;
Sergey Kosolapov - 69 kg;
Nazarbek Mahmudov - 51 kg;
Xasanxon Baratov - 91 kg;
Murodbek Azimov - 91 kg;
Xusanxon Baratov - 91 kg;
Dilrabo Tairova - 55 kg;
Malika Chorieva - 65 kg;
Asilbek Sodiqov - 60 kg.
Kumush medal:
Dilrabo Tairova - 55 kg;
Malika Chorieva - 65 kg;
Zarifjon Istamov - 60 kg;
Jamoliddin Nasirov - 71 kg;
Temurbek Xolmatov - 81 kg;
Sherali Musaev - 51 kg.
Jamoliddin Nasirov - 71 kg;
Navro'z Jumanazarov - 67 kg;
Oydos Ahmedov - 57 kg.
Bronza medali:
Anoraxon Meliyeva - 65 kg;
Bobirbek Rahmonov - 81 kg;
Lazizbek Begmatov - 57 kg;
Shohsanam Erkinova - 56 kg;
Bekzod Nasretdinov - 60 kg.
Osiyo chempionatida 27 yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistondan 22 nafar sportchi ishtirok etdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling