O'zbekistonda yil boshidan buyon fuqarolardan 56 mingdan ortiq "sovuq qurol" olib qo'yilgan

Hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlarni olib yurgan 816 nafar voyaga yetmaganlar aniqlangan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

15-dekabr kuni AOKAda Jamoat tartibini saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, tizimni axborotlashtirish masalalari, mavjud muammolar va ularning yechimiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda 2022-yilning 10 oyi mobaynida koʻcha va jamoat joylarida hayot va sogʻliq uchun xafli boʻlgan buyumlarni olib yurgan jami 56 315 nafar shaxslar aniqlanib, ulardan jami 56 406 dona hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlar tortib olingani maʼlum qilindi.

Tortib olingan buyumlar ichida 45 824 dona pichoq, 800 dona bita, 1 122 dona kastet, suruken va kestenilar hamda 8 860 dona boshqa hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan qurollar bo'lgann.

Shu jumladan, hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlarni olib yurgan 816 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ulardan (jami 823 ta sovuq qurol) 456 dona pichoq, 21 dona bita, 204 dona kastet, suriken va kistenilar hamda 142 dona boshqa hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan buyumlar olib qoʻyilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling