Foto: Rasul Kusherbayev Telegram kanali
Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda oʻquvchilardan viloyat hokimi savollariga shukronalik hissi bilan javob berish, svet va gaz muammosini gapirmaslik talab qilingan” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, Jalaquduq tumanida 55 umumtaʼlim maktablari va bitta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularda jami 32 ming 960 nafar oʻquvchi-yoshlar (16 ming 680 nafar oʻgʻil bolalar, 16 ming 280 nafar qizlar) tahsil olmoqda.
Ushbu taʼlim muassasalarda tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularni qiziqishlariga qarab yoʻnaltirish maqsadida Jalaquduq tumani hokimi ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.
Foto: Rasul Kusherbayev Telegram kanali
Lekin 2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi taʼlim muassasalarida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazilishi yuzasidan tarqalgan xabarlar asossiz boʻlib, tumandagi maktablarda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazilishi belgilanmagan.
“Oʻquvchi-yoshlar bilan ochiq-muloqot tarzida tashkil etilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ularga faqatgina tadbirda odob-ahloq qoidalari rioya etishlari yuzasidan tavsiyalar berilishini va ana shunday uchrashuvlar ularni fikrlarini erkin bayon etishlari uchun ham tashkil etilishi taʼkidlanadi”, — deyiladi hokimlik bayonotida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling