Foto: BBC
Afg‘oniston poytaxti Kobul ma’muriyati shahar ko‘chalaridan biriga “globus” o‘rnatdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Unda “Afg‘oniston islom amirligi” hududi Afg‘onistonning haqiqiy hududidan ancha kattaroq qilib ko‘rsatilgan.
Xususan, Yer sharining “Tolibon”ga xos talqinida Eron va Markaziy Osiyo davlatlari yerlari Afg‘oniston hududiga kiritilgan va mamlakat Qozog‘iston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lib turibdi.
Foto: BBC
Toliblarning “globusi” ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Uning yaratuvchilari nodonlikda va bilimsizlikda ayblandi.
“Tolibon” vakillari, aksincha, o‘z “ixtirosi”ni maqtab, uni Kobul ma’muriyati yutuqlaridan biri deb atadi.
BBC yozishicha, globus diametrli 8 metrga, og‘irligi 2 tonnaga teng bo‘lib, motorli mexanizm yordamida shar aylanib turadi.
Globus konstruktori Ismatulla Habibiy “ushbu xaritada chegaralarning o‘zgartirilishi va boshqa davlatlar hududlarining qo‘shib olinishi”ni izohlar ekan, bu faqat “mamlakatni xaritada ko‘zga tashlanarliroq qilish maqsadida” amalga oshirilganini ta’kidladi.
“Habibiyning aytishicha, odamlar o‘z mamlakatini ko‘rib tanib olishi uchungina, xaritada Afg‘oniston hududi kattaligini o‘zgartirgan”, — deyiladi BBC xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling