Foto: Adliya vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon va Farg‘ona viloyatlarining bir nechta maktablarida birinchi sinf o‘quvchilari uchun Prezident sovg‘asi sifatida tarqatilgan maktab sumkalarida "Gucci", "Fila", "Nike" kabi xorijiy brendlar logotipidan foydalanganligi oshkor bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi «H.P.O.» xususiy korxonasiga tegishli ishlab chiqarish obyektlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan xorijiy tovar belgilari, jumladan "GUCCI”, “FILA”, “NIKE”, “ADIDAS”, “Hello Kitty” kabi kontrafakt o‘quvchilar sumkalarini ishlab chiqarganligi hamda "O‘quv ta’lim-ta’minot" davlat muassasasining shartnomasiga asosan Andijon va Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilariga tarqatilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan "H.P.O" xususiy korxonasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qaroriga muvofiq huquqbuzarga BHMning 15 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan 3974 ta kontrafakt o'quvchilar sumkalari o'quvchlardan qaytarib olinib, o'quvchilar sumkalari almashtirib berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling